Toshkent shahrida joylashgan “O‘zbekiston” sport majmuasida kecha — 30-aprel kuni boks bo‘yicha Osiyo chempionati bellashuvlari start oldi.
Kunning birinchi yarmi ochilish marosimiga bag‘ishlangan bo‘lsa, ikkinchi yarmidan boshlab janglarga izn berildi va birinchi kunda 14 ta jang bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Sports.uz”. Shu kuni O‘zbekiston terma jamoasidan faqatgina Jasurbek Latipov ringga ko‘tarildi.
“Olamsport” ma’lumotiga ko‘ra, -52 kilogramm vazn toifasida jang qiluvchi Latipov birinchi bosqichda pokistonlik Said Asifga qarshi ringga chiqib, zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. U raqibini jang davomida bir marta nokdaun holatiga ham tushirishga muvaffaq bo‘ldi.
Latipovga ikkinchi bosqichda qirg‘izistonlik Azat Usenaliyev raqiblik qiladi.
Izoh (0)