“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 7-avgustdan “Haj—2017” dasturi doirasida qatnovlarni bajarishni boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekistonlik “Katta haj” amalini bajarishni istagan ziyoratchilar Boeing 767 samolyotlarida Saudiya Arabistonining Madina shahriga yetkaziladi.
2017-yilgi dastur doirasida “Toshkent—Madina—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 33 ta qatnov bajarish, 7200 ziyoratchiga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)