25-aprel, seshanba kuni Qozog‘istonning Fort-Shevchenko hududidagi qirg‘oqni ko‘zdan kechirish chog‘ida 243 ta o‘lik tyulen aniqlandi. Bu haqda Mang‘istov o‘rmon xo‘jaligi va hayvonot olami inspeksiyasi rahbari o‘rinbosari Quvongali Ashaxov ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazakhstan Today.
“Katta tyulenlar nima uchun halok bo‘lgani sabablarini hozircha ayta olmayman. Aqtov ekologiya va veterinar stansiyasi departamenti vakillari havo va suv namunalarini oldi. Agar imkoniyati tug‘ilsa, o‘lik tyulenlar to‘qimalari namunalari ham olinadi”, — deya ta’kidladi Quvongali Ashaxov.
Mustaqil ekologlar va Mang‘istov viloyati baliq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislariga ko‘ra, jonivorlarning halokatiga brakonyerlar to‘rlari, muzyorarlar yoki tabiiy o‘lim sabab bo‘lishi mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)