Maxsus xizmatlar IShIDning boshqa terrorchi guruhlar bilan birlashish maqsadida muzokaralar olib borayotgani haqidagi ma’lumotlarga ega. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Shuningdek, Aleksandr Bortnikov IShID va boshqa terrorchi guruhlar yetakchilari o‘z taktikalarini o‘zgartirayotgani ham bildirdi.
IShID, “Jabhat an-Nusra”, “Al-Qoida” kabi yirik xalqaro terrorchilik tarmoqlarining yetakchilari avval hukmronlik qilgan hududlarida butkul yo‘q qilinish xavfi mavjudligini anglab, taktikalarini o‘zgartira boshladi.IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.Jumladan, ular jangarilarni Afg‘oniston, Yaman va Afrika ichkarisiga yubormoqda, u yerlarda tayanch punktlari va bazalar tashkil etmoqda.
Gap keng ko‘lamli yangi terrorchilik tarmog‘i shakllantirilishi haqida bormoqda. IShID boshqa guruhlar bilan birlashish masalasida muzokaralar olib borayotgani haqida ham ma’lumotlar kelmoqda.
Aleksandr Bortnikov, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)