Olmazor tumaniga yangi IIB boshlig‘i va prokuror tayinlandi. Bu haqda 27-aprel, payshanba kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
Olmazor tumani Ichki ishlar bo‘limiga polkovnik Abdumajid Mullajonov boshliq etib tayinlandi. Bungacha u Toshkent shahrining Bektemir va Mirobod tumanlari IIBlariga, shuningdek, Toshkent viloyati IIBga rahbarlik qilgan.
Shuningdek, Tohir Azamatov Olmazor tumani prokurori etib tayinlandi.
Avvalroq Toshkent shahrining sobiq hokimi, 2016-yil sentabridan beri Jizzax shahriga hokimlik qilib kelayotgan Abduqahhor To‘xtayev Olmazor tumaniga hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, Olmazor tumanining to‘rt rahbari — hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i va tuman soliq inspeksiyasi rahbari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mazkur tumanga tashrifidan so‘ng lavozimidan ozod etilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)