O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrining bosh rejasi asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shaharning Temiryo‘lchilar va Toshkent ko‘chalarini tutashtiruvchi 900 metrli yangi ko‘chaning ikki tomonida 5—7 qavatli zamonaviy uy-joylar bunyod etiladi. Mustaqillik ko‘chasida ham 7 qavatli turar joylar quriladi.
Prezidentga, shuningdek, Jizzax viloyati tumanlari markazlarida bunyod etiladigan 4 qavatli arzon uy-joylar loyihasi ham taqdim etildi.“Davlatimiz rahbari bu ko‘cha va yangi uylar shahar qiyofasini o‘zgartirish, aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)