O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrining bosh rejasi asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Loyihalardan biriga muvofiq, shaharning Temiryo‘lchilar va Toshkent ko‘chalarini tutashtiruvchi 900 metrli, to‘rt polosali yana bir yo‘l quriladi.
Bundan tashqari, shaharning O‘zbekiston ko‘chasi kengaytirilishi rejalashtirilgan.
“Bu transport vositalari harakatiga, temir yo‘l vokzaliga kelib-ketuvchilarga katta qulaylik yaratadi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)