• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent shahridagi buzilayotgan garajlar: muammoga qanday yechim bor?

    Shu kunlarda Toshkent shahrida yakka tartibdagi garajlarni buzish harakatlari ketmoqda. Shahar ma’muriyati bu harakatlarni poytaxtda yanada keng ko‘lamda davom ettirilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari, avtomototransport vositalarini saqlash joylarini tartibga solish chora-tadbirlari bilan izohlamoqda, deb yozadi “Biznes-daily.uz”.

    Foto: Mariya Glazirina / Facebook

    Foto: Mariya Glazirina / Facebook

    Garajlar buzilishidan norozi bo‘layotganlar ham, bu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlayotganlar ham ko‘p. Bundan esa mazkur masala chuqur o‘ylangan, fuqarolar manfaatini ko‘zlash barobarida ularning yashash sharoitlarini yaxshilash asosida hal etilishi kerak, degan mulohaza kelib chiqadi.

    Shartnomada nima deyilgan?

    Avvalo, garajlarni qurish va ularni buzishning qonuniy asoslariga to‘xtalib o‘tsak. Yakka tartibdagi garajlar xalq orasida garajlar boshqarmasi sifatida ma’lum bo‘lgan tegishli ma’muriy organ bilan fuqaro o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida quriladi. Bu shartnoma bir yil muddatga tuziladi va har yili belgilangan tartibda uzaytirilib borilishi mumkin.

    Shartnomaga ko‘ra, garaj qurish uchun joy hudud hokimligi qarori asosida vaqtinchalik egallash sharti bilan beriladi. Shuningdek, garaj egasi hokimlik yoki garaj boshqarmasining birinchi talabi bilanoq garajni o‘z hisobidan olib tashlashi yoki, boshqa joy mavjud bo‘lganda, uni ko‘chirishi shart.

    Garaj egasiga garajdan faqat avtotransport vositasini saqlash maqsadida foydalanish, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish, atrofining tozaligi va obodonchiligini ta’minlash mas’uliyati yuklangan.

    Shartnoma ijrosi bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelganda ular o‘zaro muzokaralar yo‘li bilan yoki sud tartibida hal etilishi belgilangan.

    Yuzaga chiqqan muammolar

    Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylar atrofida tartib bilan qurilgan garajlarni ham, tartibsiz ravishda, hatto muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ustida bunyod etilganlarini ham ko‘rish mumkin.

    Shahar hokimligining rasmiy tarqatilgan ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda shaharsozlik va sanitariya, yong‘in xavfsizligi hamda aholi xavfsizligini ta’minlash talablariga javob bermaydigan, tartibsiz joylashtirilgan temir-beton garajlar jami 25,63 gektar maydonni egallagan bo‘lib, ularda 8470 avtomobilni joylashtirish imkoniyati mavjud. Ular orasida qog‘oz, plastmassa idish kabi turli ikkilamchi chiqindilarni, maishiy jihozlarni, har xil buyum va ashyolarni saqlashda foydalanilayotganlari ham ko‘p. Shuning uchun yakka tartibda qurilgan aksariyat temir-beton garajlar atrofining obodonchiligi to‘g‘risida ijobiy fikr bildirish qiyin. Bunday manzaralar esa yuqorida eslatib o‘tilgan shartnoma shartlarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.

    Masalaning yana bir tomoni bor. Garajlar tartibsiz qurilgani bois ko‘p qavatli uylar joylashgan ba’zi hududlarda bolalar o‘ynashi uchun maydonchalar umuman yo‘q yoki ancha kichik. Aholining garajlar buzilishini ma’qullayotgan qatlami aynan shu muammo ijobiy yechim topishidan umidvor bo‘layotganlardir.

    So‘nggi uch yilda Toshkentda avtomobillar soni 19 foizga oshdi. Natijada garaji yo‘q avtomobil egalarining o‘z transport vositasini ko‘p qavatli uylar oldiga, belgilanmagan joylarga qo‘yishi holatlari ko‘paydi. Bu esa muayyan muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, tez yordam yoki o‘t o‘chirish mashinalarining yo‘li to‘silib qolmoqda, qarovsiz avtomobillar bilan bog‘liq o‘g‘irliklar sodir bo‘lmoqda.

    Taklif etilayotgan yechim

    Toshkentda avtotransport vositalarini saqlash joylarini tartibga solish bo‘yicha 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar majmui loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda ma’lum qilgan mas’ullarning aytishicha, daha va mahallalar ichidagi sanitariya va yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan temir-beton garajlar o‘rniga zamonaviy ko‘p qavatli parking va ochiq turdagi avtoturargohlar barpo etish taklif etilyapti.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Parkinglar ikki, uch va olti qavatli qilib quriladi. 2 qavatli avtoturargohda 80 ta, 3 qavatli avtoturargohda 144 ta hamda 6 qavatli avtoturargohda 480 yoki 532 ta yengil avtomototransport vositasi uchun joy bo‘ladi.

    Shuningdek, pastki qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi joylashgan ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish rejasi ham mavjud. Bundan tashqari, avtomobillar ko‘p to‘planishi tabiiy bo‘lgan to‘yxonalar, bozorlar, yirik savdo markazlarida muammoni hal etishning turli yechimlari ishlab chiqilgan.

    Hozir bu loyiha aholi fikrini, taklif va tavsiyalarini inobatga olish maqsadida ommaviy muhokamaga qo‘yilgan bo‘lib, shundan keyingina yakuniy ko‘rinishga keltirilgan holda qabul qilinadi.

    Qonunchilikdagi asoslar

    Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanishning tartibi to‘g‘risidagi nizom mavjud. Unda olib tashlanadigan garajlar o‘rniga barpo etiladigan, avtotransport vositalarini vaqtincha hamda doimiy saqlash uchun avtomobillar to‘xtash joylarini tutib turishga doir talablar ko‘rsatilgan.

    Nizomga ko‘ra, avtomototransport vositalari egalarining yakka tartibdagi garajlari buzib tashlangan taqdirda ularga avtomobil vositalarini doimiy saqlash bo‘yicha uy-joy mavzelaridagi buzib tashlangan yakka tartibdagi garajlar o‘rnida tashkil etiladigan avtomobil to‘xtash joyida doimiy ravishda bepul biriktirilgan joy beriladi. Avtomototransport vositalarining egalariga doimiy biriktirilgan vaqtincha saqlash joylarida avtomototransport vositasi egasining uy manzili va avtomototransport vositasining davlat tartib raqami yozilgan lavha (tablichka) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

    Ko‘pchilikni yangi quriladigan avtoturargohlar xizmatlari uchun belgilanadigan haq masalasi qiziqtiradi. Nizomda avtomototransport vositalarini saqlash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov avtoturargoh egasi bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Lekin bu to‘lov xalq deputatlari tegishli tuman (shahar) kengashi tomonidan xizmatlarning ushbu turi uchun belgilangan to‘lovning cheklangan miqdoridan yuqori bo‘lmagan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.

    Mulohaza o‘rnida

    Garaji buzilayotganlarning noroziligiga sabab bor, albatta. Ular nafaqat ko‘ngli xotirjam holda mashinasini qo‘yadigan joyidan, balki turli asbob-uskunalarini, ro‘zg‘orda ishlatish zarurati kam yoki umuman yo‘q bo‘lgan ashyolarini saqlaydigan “ombor”idan ham ayriladi. Ammo gap umum manfaatini ko‘zlaydigan obodonlashtirish, yillar davomida yig‘ilib kelayotgan muammo yechimini topish, sohani tartibga solish haqida borar ekan, demokratik, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida masalani hal etish yo‘llarini qidirish mas’uliyati kelib chiqishini esdan chiqarmaslik kerak.

    Qolaversa, chiqarilgan qandaydir buyruqni pesh qilib, “buz-buz”ga berilib, muammoni yanada chuqurlashtirish yaramaydi. Chunki biz bir necha yilcha oldin ana shunday boshboshdoqlikka duch kelgan edik. Ayrim joylarda shosha-pisha buzib tashlangan garajlar o‘rni vayrona, chiqindixonaga aylangandi.

    Tajribadan kelib chiqib, garajlarni buzish masalasida shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik, muammolar yechimini topishda aholining fikrini o‘rganish va hisobga olish maqsadga muvofiq.

    “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

    27.04.2017, 18:38   Izoh (0)   23772
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda barpo etilayotgan Sharof Rashidov xiyoboni bilan tanishdi. Xiyobon 2017-yil noyabrida ochiladi

    27.04.2017, 18:34

    Jizzaxda 5—7 qavatli zamonaviy uy-joylar bunyod etiladi

    27.04.2017, 18:27

    Jizzax shahrida Temiryo‘lchilar va Toshkent ko‘chalarini tutashtiruvchi yangi yo‘l quriladi, O‘zbekiston ko‘chasi kengaytiriladi

    27.04.2017, 18:17

    Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

    27.04.2017, 18:05

    Samarqandda “Meva-sabzavot mahsuloti eksportini kengaytirish va raqobatni rivojlantirish” mavzusidagi mintaqaviy forum o‘z ishini boshladi

    27.04.2017, 16:56

    Abdulaziz Komilov Shveysariya elchisi bilan uchrashdi

    27.04.2017, 16:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Infantino: “Butun dunyodagi muxlislar O‘zbekistonning JCHdagi debyutini kutmoqda”

    Sport | 6 iyun, 11:21

    O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” filmi Londondagi kinofestivalda xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:04

    Salom, mundial. O‘zbekiston Jahon chempionatiga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereya

    Sport | 6 iyun, 09:56

    Sergeli tumanidagi mebel sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 09:36

    Ravshan Ermatov: “Futbolchilar 6-iyun kuni tushgacha vatanga qaytishi kutilmoqda”

    Sport | 6 iyun, 09:26

    Temur Kapadze: “Xudoga va o‘zimizga ishonib, oldinga dadil qadam tashladik”

    Sport | 6 iyun, 08:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.