O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalini yaratish uchun haykaltaroshlar o‘z ijodiy mutaxassisligiga qarab, guruhga birlashishi mumkin. Bu haqda “Gazeta.uz” Badiiy akademiyaga tayanib xabar bermoqda.
Toshkent, Samarqand va Qarshida aynan qanday haykallar o‘rnatilishi va ular bir xil bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha xabar berilmayapti. Ushbu masalaga haykalni yasash uchun davlat buyurtmasi kelib tushgach, aniqlik kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom Karimov haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro tanlov g‘oliblari aniqlangan edi. Tanlovda ko‘pchilik ovoz bilan haykaltarosh Ilhom Jabborov g‘olib chiqdi. Ikkinchi o‘rin yosh haykaltarosh Jasvand Annazarovga, uchinchi o‘rin esa To‘lagan Tojixo‘jayevga nasib etdi.
Ilhom Jabborov — Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga o‘rnatilgan Mustaqillik va ezgulik monumenti hamda poytaxt markazidagi Amir Temur haykali muallifi.
Izoh (0)