25-aprel kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra Jizzax shahar hokimi Abduqahhor To‘xtayev o’z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Jizzax shahar hokimi etib Jizzax viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Rahmonqulov Akram Baxritdinovich tayinlandi.
2016-yilning sentabrida, o‘sha vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan Jizzax shahar hokimi etib tayinlangan A.To‘xtayev Toshkent shahri, Olmazor tumaniga hokim etib tayinlandi.
Izoh (0)