Mercedes-Benz markasi rasmiy vakili Tobias Myuller o‘z Instagram’ida Shanxay xalqaro avtosalonida taqdim etilgan BJ80 PHEV yo‘ltanlamasi ustidan kuldi, deb yozadi HighSnobiety portali.
Myuller mashina suratini joyladi va uni “Chinese G-Class — copycat” (“Xitoy G-Class’i — taqlidchi”) deya izohlab, maymun emodzisini qo‘shib qo‘ydi.
Shubhasiz, u Xitoyning BAIC davlat korporatsiyasi tomonidan taqdim etilgan avtomobil kuzovi dizaynining 1979-yildan buyon Mercedes-Benz markasi ostida chiqarib kelinadigan G-Class (Gelandewagen) yo‘ltanlamaslari tashqi ko‘rinishi bilan g‘ayrioddiy tarzda o‘xshash ekanligiga e’tibor qaratdi.
Avtosalon 21-apreldan 28-aprelgacha bo‘lib o‘tadi. U yerda BAIC firmasi stendi Mercedes-Benz ekspozitsiyasining yonginasida joylashgan.
Izoh (0)