Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi Xitoyda o‘zining ilk dvigatellar ishlab chiqarish korxonasini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Mazkur dvigatellar Xitoydagi Mitsubishi va Guangzhou Automobile Group (GAC) qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan Outlander krossoverlariga o‘rnatiladi.
Loyiha qiymati 10 milliard iyena (92 million dollar) baholanayotgan zavod qurilishi joriy yil Xunan provinsiyasida boshlanadi, uning quvvati esa yiliga 150 ming dvigatelni tashkil etadi. Buning hisobiga kompaniya Xitoy bozoridagi ishtirokini mustahkamlash va dvigatellarni Yaponiyadan yetkazib kelish bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirish niyatida.
Ekspertlar taxminiga ko‘ra, 2020-yilga kelib Xitoyda yangi avtomobillar sotuvi hozirgiga nisbatan 10 foizga oshadi va 30 milliondan oshiqni tashkil etadi. Bozordagi salmoqli ulushga esa krossoverlar ega bo‘ladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)