UZINFOCOM markazida 21-aprel kuni UZ domenini ro‘yxatga oluvchilar (registratorlar) ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda markaz matbuot xizmati.
Yig‘ilishda, boshqa masalalar qatorida, domen nomini ro‘yxatga olish uchun xizmatlar narxini qayta ko‘rib chiqish masalasi ham muhokama qilindi.
Registratorlarning taklifi va UZ domeni ma’murining fikridan kelib chiqqan holda, UZ domenida ro‘yxatga olish narxini o‘zgarishsiz qoldirish haqida qaror qabul qilindi.
Avvalroq ba’zi registratorlar tomonidan 1-maydan e’tiboran UZ domen nomini ro‘yxatga olish narxi 45 ming so‘mgacha oshirilishi haqida axborot berilgan edi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi bir necha yildan beri UZ domen nomini ro‘yxatga olish narxi 23—26 ming so‘m atrofida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)