Telegram messenjerining eronlik foydalanuvchilari mamlakat hududida audioqo‘ng‘iroqlar funksiyasini qo‘llashning imkoni yo‘qolganligidan shikoyat qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Servis bosh direktori Pavel Durovga ko‘ra, muammo Telegram mahalliy provayderlar tomonidan blokirovka qilinishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Durov internetni nazorat qilish bilan shug‘ullanadigan Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham shunday holat kuzatilishini istisno etmadi.
Ma’lumot uchun, 2017-yil boshida Eron Telegram ommalashgan mamlakatlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda qayd etildi. Messenjerning mahalliy auditoriyasi oyiga 40 million kishidan iborat bo‘lgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)