Teletubbies (“Teledo‘mboqchalar”) bolalar shousi ilk bor efirga chiqqanligining 20 yilligini nishonladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“1997-yil 31-mart kuni Buyuk Britaniyada ilk bor namoyish etilgan ko‘rsatuv bolalar televideniyesini butkul o‘zgartirdi, Tinki-Vinki, Dipsi, Lyalya va Po esa yosh tomoshabinlarning sevimli qahramonlariga aylandi”, — deya ta’kidlaydi The Guardian gazetasi.
Nashrning qayd etishicha, Teletubbies Xitoyda ko‘rsatilgan ilk G‘arb shousi hisoblanadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)