O‘zbekistonda ilk bor davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati “Ochiqligi indeksi” reytingi e’lon qilindi, deya xabar bermoqda UZ24.
Reyting 2017-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra tuzilgan bo‘lib, u davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish va monitoring bo‘yicha jamoatchilik kengashi tomonidan tuzilgan.
Reytingning 1-pog‘onasida 97,5 ball bilan Davlat soliq qo‘mitasi qayd etildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni 96,33 ball bilan Toshkent shahar hokimligi va Markaziy bank band etgan.
Birinchi o‘ntalikka Adliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Intellektual mulk agentligi kirgan.
Eng so‘nggi — 47-o‘rinda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi 21,4 ball bilan qayd etilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)