Buyuk Britaniya 1880-yillardan beri ilk bor elektr energiyasi hosil qilish uchun sutka davomida ko‘mirdan foydalanmadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Buyuk Britaniya 21-aprel, juma kuni 1880-yillardan beri birinchi bor ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalarisiz 24 soatni o‘tkazdi”, — deyiladi National Grid Plc milliy operatori xabarida.
Britaniya hukumati 2025-yilga kelib barcha ko‘mir elektr stansiyalari faoliyatini to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Mamlakatda iqlim o‘zgarishlariga qarshi olib borilayotgan kurash mazkur qarorga sabab bo‘lgani bildirilmoqda.
Izoh (0)