Yaponiyada ayollarning tank, razvedka va piyoda bo‘linmalariga olinishiga cheklov bekor qilindi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Tomomi Inada ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz bugungi kun talabiga javob beradigan jozibador mudofaa kuchlarini shakllantirishga harakat qilmoqdamiz. Deyarli barcha cheklovlarni bekor qilamiz va ayollar harbiy xizmatga jalb etilishiga ko‘maklashamiz”, — deya ta’kidladi Tomomi Inada.
Oldinroq Yaponiyada ayollarni harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlariga ayollarni qabul qilishga ruxsat berilgan edi. Ular rahbarlik lavozimlari, jumladan, jangovar kemalar kapitanligiga tayinlanishga ulgurdi.
Hozirda mamlakat qurolli kuchlarida ayollarning radioaktiv materiallarga aloqador maxsus qo‘shinlar, shuningdek, suv osti kemalarida xizmat qilishiga qo‘yilgan cheklovlar qolmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)