Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati, Baliqchi shahridagi 3-maktabda 10 kishi noma’lum gazdan zaharlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Hodisa joyiga militsiya, shiforkorlar va qutqaruvchilar yetib keldi. 5 nafar o‘quvchi shahar kasalxonasining reanimatsiya bo‘limi, yana 5 kishi travmatologiya bo‘limiga yotqizildi. Yana bir necha o‘quvchi va o‘qituvchiga joyida birinchi yordam ko‘rsatildi”, — deyiladi Qirg‘iziston FVV xabarida.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zaharlanishga “noma’lum gaz” sabab bo‘lgan. Aynan qaysi gaz va u o‘quv yurtida qanday paydo bo‘lib qolganiga aniqlik kiritilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)