Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida noma’lum shaxs Bobur ko‘chasida joylashgan “Al-Qasr” kafesi oldida 1989-yilda tug‘ilgan fuqaroning Spark rusumli avtomashinasining orqa o‘rindig‘ida turgan, ichida 7,6 million so‘m puli bo‘lgan sellofan paketni olib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.
Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlikda ko‘rgan choralari natijasida jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, 1983-yil va 1994-yilda tug‘ilgan, Sirg‘ali tumanida yashovchi ikki shaxs qo‘lga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)