18-aprel kuni O‘zbekiston hukumatining 2017-yil birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Majlisda Davarxitektqurilish qo‘mitasi raisi Botir Zokirovga shaharsozlikdagi eskirgan normativlarni tubdan qayta ko‘rib chiqishni va kapital qurilishdagi nomutanosibliklarni bartaraf etishni nazarda tutgan holda qo‘mitaning butun tizimini tubdan qayta tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar turkumi paketini ishlab chiqishni tugallashni tezlashtirish va tasdiqlash uchun kiritish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
“O‘zbekiston Prezidentining 12-aprelda Chilonzor tumaniga tashrifi davomida aniqlangan me’moriy qiyofani, yo‘l-transport tizimini va uy-joy-kommunal infratuzilmani yaxshilash, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari ishi samaradorligini oshirish bilan bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Mavzuga doir: O‘zbekiston hukumatining 2017-yil birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi
Izoh (0)