Suriyaning Xoms viloyati shimolidagi El-Vaer shaharchasida qurollangan tuzilmalar chiqib ketishining beshinchi bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Hududni 2010 kishi, jumladan, 510 jangari tark etgan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Xabar qilinishicha, jangarilar va ularning oilalari chiqqan 55 ta avtobus Turkiya chegarasi yaqinidagi Jarablus shahriga yo‘l olgan
Avvalgi bosqichda El-Vaerdan “Jibhat an-Nusra” va boshqa ekstremistik guruhlar tarafdori bo‘lgan 2,5 ming jangari chiqarilgan edi.
Ular hukumat kuchlariga taslim bo‘lishni xohlamagan va Jarablus, shuningdek, Idlibga joylashtirilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)