O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017-yil 5-aprelda “Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga 2017—2018-o‘quv yili uchun qabul to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Bu haqda UzReport xabar berdi.
Qarorga asosan, Turin politexnika universitetining bakalavriat bosqichiga belgilangan mutaxassisliklar bo‘yicha to‘lov-shartnoma asosida 350 kishi qabul qilinadi.
Jumladan:
Mashinasozlik texnologiyasi — 200 kishi;
Energetika — 25 kishi;
Sanoat-fuqarolik qurilishi va arxitektura — 25 kishi;
Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi — 100 kishi.
Bundan tashqari, yangi o‘quv yilidan boshlab magistratura bosqichiga to‘lov-shartnoma asosida 50 kishi qabul qilinadi.
Magistratura bosqichiga quyidagi yo‘nalishlarda talabalar qabul qilinadi:
Mexatronika — 25 kishi;
Sanoat marketingi — 25 kishi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)