Italiya tashqi ishlar vaziri Anjelino Alfano Yettilik guruhi vazirlari uchrashuvi doirasida Turkiya, BAA, Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Qatar TIV rahbarlari ishtirokida Suriya bo‘yicha maxsus kengaytirilgan majlisni chaqirdi, deb yozadi “TASS” Italiya diplomatik muassasasi matbuot xizmatiga tayanib.
Aniqlik kiritilishicha, majlis 11-aprel, seshanba kuni ertalab, “yettilik” mamlakatlari (AQSh, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya) vazirlariga Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari vazirlari kelib qo‘shilgach, bo‘lib o‘tadi. “Yettilik” uchrashuvi Lukka shahrida boshlanadi, uning ishida Suriyadagi vaziyatni tartibga solish mavzusi markaziy mavzu bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)