Koreya Respublikasidagi prezident saylovlarida asosiy kurash ikki liberal nomzod — “Toburo” demokratik partiyasi vakili Mun Chje In va Xalq partiyasidan nomzod An Chxol Su o‘rtasida kechadi. Bu haqda KBS teleradiokompaniyasi va “Ryonxap” agentligi buyurtmasiga ko‘ra o‘tkazilgan so‘rov natijalari darak bermoqda, deb yozadi “TASS”.
“Saylovlarda An Chxol Suni saylovchilarning 36,8 foizi, Mun Chje Inni — 32,7 foizi qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi”, — deyiladi tadqiqotda. An Chxol Su qo‘llab-quvvatlash darajasi bo‘yicha Mun Chje Inni ortda qoldirishi birinchi marta kuzatilmoqda, bungacha u yetakchi pog‘onalarni egallab kelardi.
Qolgan nomzodlar yetakchilardan sezilarli tarzda ortda qolmoqda. “Koreya ozodlik partiyasi vakili Xon Chjun Pxyoga 6,5 foiz, Adolat partiyasidan Sim San Chjonga — 2,8 foiz, “Parin” partiyasidan Yu Sin Minga — 1,5 foiz saylovchilar ovoz berishga tayyor.
Izoh (0)