O‘t o‘chiruvchilar Qozonning Barcha dinlar ibodatxonasida kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etdi, deb yozadi “Interfaks”.
Rossiya FVVning Tatariston bo‘yicha bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in 6:51 da o‘chirilgan, yong‘in joyida erkak kishining jasadi topilgan.
Barcha dinlar ibodatxonasi — Qozon shahrining Staroye Arakchino qishlog‘ida joylashgan inshoot. Uni 1990-yillar boshida qurishni boshlagan muallif g‘oyasiga ko‘ra, ibodatxona dinlar, madaniyatlar va sivilizatsiyalarning me’moriy ramzi sifatida barpo etilgan. Unda ibodatlar va rasm-rusumlar o‘tkazilmaydi.
Izoh (0)