Adham Ikromov O‘zbekiston Prezidentining tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari va Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori etib tayinlandi. Bu haqda, hukumatdagi manbalariga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Adham Ikromov bungacha (2012-yildan beri) O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi. Hukumat tarkibida u sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksiga rahbarlik qilayotgan edi.
2016-yilning dekabridan 2017-yilning fevraliga qadar u bir vaqtning o‘zida Sog‘liqni saqlash vazirligiga ham rahbarlik qildi. U 2009—2012-yillarda ham sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan.
Adham Ikromov Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimida Mannon Aliyev o‘rnini egalladi.
Hukumat tarkibida Adham Ikromov o‘rnini kim egallaganiga aniqlik kiritilmagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)