Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlarining Rossiyaga eksportini kuchaytirishga kelishib oldi, deb yozadi “Kommersant”. Bu haqda Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra ma’lum qildi.
Rossiya prezidenti ta’kidlashicha, so‘nggi yilda Rossiyaga olib kiriladigan O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi ikki marotabadan ko‘proq oshdi 142,8 ming tonnaga yetdi.
“Ko‘p jihatdan bu O‘zbekiston prezidenti tomonidan ikki mamlakat chegaralari orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tezkor va to‘siqsiz yetkazib berish uchun ‘yashil bojxona yo‘lagi’ni yaratish haqida berilgan tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasi bo‘ldi”, — dedi Putin.
Shuningdek, prezident ma’lum qilishicha, o‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2,7 milliard dollarni tashkil etgan, bu O‘zbekiston tashqi savdo balansining 17 foizdan ortig‘i demakdir. Shu bilan birga, Rossiya O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan mablag‘lar 6 milliard dollardan oshgan.
Izoh (0)