O‘zbekiston Rossiyaning bir qator mahsulotlariga aksiz soliqlaridan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi rahbari Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Biz Rossiyaning bir qator mahsulotlariga aksiz soliqlari stavkasini pasaytirish yoki ularni to‘liq bekor qilish haqida qaror qabul qildik, bular tijorat avtomobillari, po‘lat prokat, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari va qurilish materiallaridir”, — dedi Mirziyoyev kengaytirilgan formatdagi Rossiya-O‘zbekiston muzokaralari chog‘ida.
U savdo-iqtisodiy sohada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha keyingi ishlar ushbu yo‘nalishdagi ikki tomonlama hamkorlikni sezilarli ravishda kengaytirish va tovar aylanishi hajmlarini ahamiyatli tarzda ko‘paytirish imkonini berishiga umid bildirdi.
Izoh (0)