Xalq deputatlari Toyloq tuman kengashi sessiyasi kun tartibiga aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, dori vositalari ta’minotini yaxshilash, bu sohada deputatlar va jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masala kiritildi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tuman aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatuvchi qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini optimallashtirish rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 22 ta qishloq vrachlik punkti 2 taga qisqartirilib, 18 tasi QVP shaklida qoldiriladi, 2 ta QVP bazasida poliklinika va qo‘shimcha bitta tez tibbiy yordam shoxobchasi tashkil etiladi.
Mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Hamroyev va tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nurillo Bahriyev o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Sessiyada tashkiliy masalalar ko‘rildi. Viloyat hokimi qarori bilan Dilfuza Kamolova tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i — tuman markaziy shifoxonasi bosh shifokori etib tayinlandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)