Somali janubida fugas moddasining portlashi oqibatida ikki bola halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Ma’lum qilinishicha, mazkur voqea 1-aprel kuni kechki payt O‘rta Shabelle provinsiyasida sodir bo‘lgan.
Provinsiyaning axborot vaziri Mahad Hassan fugasning portlashi oqibatida halok bo‘lgan aka-singil avtorikshada bo‘lganini qayd etdi.
Mazkur portlashdan so‘ng, Somali milliy armiyasi hamda Afrika Ittifoqining Somalidagi missiyasi kuchlari tomonidan voqea sodir bo‘lgan joyda yana ikki bomba xavfsizlantirilgani xabar qilindi.
Hujumga javobgarlikni mamlakatdagi hech bir terrorchilik guruhi o‘z bo‘yniga olmadi. O‘z navbatida, Mahad Hassan ushbu voqeaga “Ash-Shabob” ekstremistik guruhi jangarilari daxldor bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)