Iroq harbiy-havo kuchlari Suriya chegarasidan uzoq bo‘lmagan joyda aviazarbalar yordamida 200 ga yaqin terrorchini yo‘q qildi. Bu haqda shanba kuni Iroq harbiy qo‘mondonligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Harbiylarning ta’kidlashicha, Suriyadan Iroqning El-Baaj aholi punktiga bostirib kirgan IShID jangarilari nishonga olingan.
Terrorchilar IShIDga madad berish maqsadida Mosulga yo‘l olishni niyat qilganmidi-yo‘qmi, bunga qo‘mondonlik aniqlik kiritmagan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)