“Motor1” portali maxfiy limuzinning Shvetsiyadagi sinovlari fotosuratlarini e’lon qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”. U Rossiyaning “Kortej” loyihasi lineykasidagi nufuzli modellardan birining seriyali nusxasidan oldingi namunasi deb taxmin qilinmoqda.
Ta’kidlanishicha, loyiha doirasida Rossiya prezidenti uchun yangi limuzin, mamlakatning birinchi shaxslari uchun mashinalar, shuningdek, keng doiradagi xaridorlar uchun ancha oddiyroq modellar yaratilmoqda.
G‘arb jurnalistlari “Vladimir Putinning limuzini” deb nom berishga ulgurgan avtomobilning klassik dizayni nimasi bilandir Rolls-Royce va Bentley markasi mahsulotlarini eslatadi.
Mutaxassislar tarqalgan suratlardagi avtomobil V12 turbomotori bilan jihozlanganini taxmin etdi.
Izoh (0)