Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Uchterak qishlog‘i hududidan o‘tuvchi 4R6 “Toshkent—Chirchiq—Chimyon” avtomobil yo‘lining 69-kilometrida, “G‘azalkent—Chimyon” yo‘nalishida 2 metr kenglikdagi, uzunligi 15—20 metr bo‘lgan yo‘lning qatnov qismida ko‘chki yuzaga kelgan.
O‘zbekiston IIV matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, 27-mart kuni soat 9:00 larda ushbu ko‘chki sodir bo‘lgan joyning maydoni 4—4,5 metr kenglikka va 35—40 metr uzunlikka kattalashgan.
“Sodir bo‘lgan ko‘chki natijasida mahalliy aholiga va turar joy binolariga zarar yetmagan”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Xabar berishlaricha, tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilguniga qadar, 4R6 “Toshkent—Chirchiq—Chimyon” avtomobil yo‘lining 58-kilometridan 71-kilometrigacha avtomobillarning harakatlanishi to‘xtatilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)