AQSh Rossiyaning 8 kompaniyasi va o‘quv yurtiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Sanksiyalar “Rosoboroneksport” kompaniyasi, “Aviaeksport” va “Bazalt” birlashmalari, 150-aviatsiya-ta’mirlash zavodi, Jukovskiy va Gagarin nomidagi harbiy-havo akademiyasi, Ulyanovsk fuqarolik aviatsiyasi instituti, Ural fuqarolik aviatsiyasi mashg‘ulot markazi, Kolomnadagi mashinasozlik konstruktorlik byurosiga nisbatan qo‘llandi.
Mazkur kompaniya va o‘quv yurtlari AQShning tarqatmaslik to‘g‘risidagi qonunchiligini KXDR, Eron hamda Suriya bilan aloqalar tufayli buzganlikda ayblandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)