Osiyodagi tinchlik-osoyishtalik Afg‘onistondagi vaziyat barqarorligi bilan bevosita bog‘liq. Bu haqda Afg‘oniston parlamenti yuqori palatasi spikeri Fozil Hodiy Muslimyor ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Afg‘onistondagi barqarorlik butun mintaqadagi barqarorlikning asosidir. Mintaqada terrorchilik bilan kurash masalasi Xitoyning “Buyuk ipak yo‘li” strategiyasi nechog‘li muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.Spikerga ko‘ra, ekstremizm, xususan, IShIDga qarshi kurash Osiyodagi barcha davlatlar oldida turgan vazifadir.Fozil Hodiy Muslimyor, Afg‘oniston parlamenti yuqori palatasi spikeri
Agarda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilmasa, urush istiqbolda Xitoyga ham ko‘chib o‘tishi mumkin.IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.Fozil Hodiy Muslimyor, Afg‘oniston parlamenti yuqori palatasi spikeri
Izoh (0)