Afg‘oniston sharqidagi Nangarhar viloyatida afg‘on harbiy havo kuchlarining aviazarbasi natijasida IShID terrorchilik tashkiloti bilan bog‘liq guruhlarning kamida 27 nafar jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aviatsiya 25-mart kuni kechasi Shenar Keli, Sohibon va Mulla Badur aholi yashovchi punktlari yaqinidagi jangarilar egallab turgan hududlarga hujum qilgan.
Operatsiya natijasida kamida 27 nafar qurollangan jangari halok bo‘lgan. Bundan tashqari, harbiylar tomonidan terrorchilarning qurollar ombori yo‘q qilingani ma’lum qilindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)