Gonkong ma’muriyati sobiq bosh kotibi Kerri Lam ma’muriyat rahbari etib saylandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Kerri Lam 26-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovlar chog‘ida saylov komissiyasi a’zolarining 1194 ovozidan 777 tasini to‘pladi. Saylovlarda g‘alaba qozonish uchun 600 dan ortiq ovoz yetarli edi.
Uning eng yaqin raqibi Jon Sang uchun komissiyaning 365 a’zosi ovoz berdi.
Ma’lumot uchun, Kerri Lam Gonkong ma’muriyatini boshqargan ilk ayol bo‘ladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)