Bangladesh g‘arbida yuk avtomobilining mikroavtobus bilan to‘qnashuvi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi jarohatlandi. Bu haqda Chuadang okrugi politsiyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Avariya Dakka — Kxulna trassasida yuz berdi. Tosh yuklangan samosval haydovchisi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketdi va quruvchilarni olib ketayotgan mikroavtobus bilan to‘qnashdi.
Politsiya hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)