Toshkent shahrining Sergeli tumanida 66 ko‘p qavatli uy Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi, deb xabar beradi O‘zA.
Zamonaviy shaharsozlik talablari asosida bunyod etilayotgan mazkur uylar 2500 dan ziyod oilaning turar joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi. Uylar oilalarga imtiyozli ipoteka krediti orqali beriladi.
Sergeli tumanidagi qurilish ishlari uchta maydonda olib borilmoqda. Birinchi maydondagi 66 ta yetti qavatli uyning kalitlari xonadon sohiblariga O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi bayrami arafasida topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur uylar qurib bitkazilishi bilan 4000 dan ziyod oila o‘z shaxsiy xonadoniga ega bo‘ladi. Ko‘p xonadonli uylar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy qurilish materiallari asosida barpo etilmoqda.
Shuningdek, maktablar, bolalar bog‘chalari, dam olish joylari, poliklinikalar, bolalar maydonchalari, avtomobil turar joylari, chiqindi yig‘ish punktlari qurilishi rejalashtirilgan. Hudud obodligi ta’minlanadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)