• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ekspertlar: to‘xtash chizig‘i uchun jarima kamroq bo‘lishi kerak

    Norma nashri ekspertlari Toshkent chorrahalarida ishga tushirilgan kameralar qayd etgan, to‘xtash chizig‘i bilan bog‘liq qoidabuzarliklar uchun jarimalarni kamaytirishni taklif qilmoqda. “Kameralar ishga tushirilganidan keyin YHQlarini buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi ta’minlandi. Bu vazifa bajarilgan ekan, jarimalarni tushirish vaqt kelmadimikan, degan savol tug‘iladi?” — deyiladi unda. Quyida ekspert fikrlari va takliflarini to‘liq holda keltiramiz.

    Foto: “Avtomotoprof.ru”

    Foto: “Avtomotoprof.ru”

    “Yo‘l harakati qoidalarining 41-bandida (keyingi o‘rinlarda – YHQ) shunday deyilgan: “Svetoforning (reversivdan tashqari) yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini to‘xtash chizig‘i (5.33 yo‘l belgisi) oldida, bunday chiziq bo‘lmaganda esa:

    • chorrahaning qatnov qismi bilan kesishgan joyida, piyodalarga (ushbu Qoidalarning 102-bandini hisobga olgan holda) xalaqit bermasdan;
    • temir yo‘l kesishmasi oldida ushbu Qoidalarning 119-bandiga muvofiq;
    • boshqa joylarda svetofor yoki tartibga soluvchining oldida, harakatlanishiga ruxsat berilgan transport vositalari va piyodalarga xalaqit bermagan holda to‘xtashi kerak.
    Ya’ni, agar to‘xtash chizig‘i bo‘lmasa, haydovchi piyodalar o‘tish joyiga taqalib kelish, agar u ham bo‘lmasa, shundoqqina svetofor to‘g‘risida to‘xtashga haqli. Bu yerda hech qanday huquqbuzarlik bo‘lmaydi, chunki haydovchi atrofdagilar uchun xavf tug‘dirmaydi. Agar haydovchi piyodalar o‘tish joyiga kirsa yoki chorrahaga chiqib ketsa va bu bilan piyodalar va boshqa avtomobillar harakatlanishi uchun to‘sqinlik hosil qilsa, bu endi jazolanadi.

    Bu muhim! E’tiboringizni shunga qaratishni xohlardikki, YHQning amalda tasdiqlashicha, xavf aynan bir tomondan chorrahaga kelayotgan avtomobilning harakat yo‘nalishi bilan boshqa yo‘l bo‘ylab kesishayotgan piyodalar va transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan liniyalarning kesishadigan nuqtasida vujudga keladi.

    To‘xtash chizig‘i chizilgan bo‘lsa, yuridik nuqtai nazardan vaziyat o‘zgaradi. Aytaylik, kecha u yo‘q edi. Haydovchi tormoz berishni boshladi, ammo ungacha to‘xtashga ulgurmadi va oldi g‘ildiraklari bilan chiziqni 30 sm.ga bosib o‘tdi. Ammo to‘xtash nuqtasi hali ham xuddi o‘sha – haydovchi piyodalar o‘tish joyiga yoki svetoforga kirmagan. Endi bu mutlaqo xuddi u chorrahadan svetoforning taqiqlovchi ishorasida o‘tganidek kvalifikatsiyalanadi (MJtK 1284 moddasi).

    To‘sqinlik hosil qilmay, avariya holatini keltirib chiqarishni istamay to‘xtagan hamda aksincha, piyodalarga va boshqa transport vositalariga yo‘lni kesib o‘tishiga to‘sqinlik qilgan vaziyatlarda haydovchining aybdorlik darajasi mutlaqo boshqa-boshqa desak, o‘ylaymizki, fikrimizga haydovchilar ham, YHXDX inspektorlari ham qo‘shilsalar kerak. Ammo nima sababdan u holda jarimalarga bo‘lgan yondashuv ikkala holatda ham bir xil?

    Bu kam ahamiyatli 30 sm masofa nafaqat katta jarima solish uchun, balki 1 yilga transportni boshqarish huquqidan mahrum bo‘lishi uchun ham rasmiy sabab bo‘lishi mumkin. Agar to‘xtash chizig‘i chizilmagan bo‘lsa, xuddi o‘sha to‘xtash nuqtasini bosganda hech qanday huquqbuzarlik kelib chiqmaydi.

    Eslatib o‘tamiz, MJtKning 21-, 245-, 3081-moddalarida qilmishning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod etish mexanizmlari ko‘zda tutilgan. Biroq, chamasi kameralar tizimi uni qo‘llamasdan ishlayotir.

    Shaharda YHQ buzilishining maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari ishga tushirilgan vaziyatda (keyingi o‘rinlarda – kameralar) qator haydovchilar haydovchilik guvohnomasidan ayrilishi mumkin. Ular orasida avtomobilni boshqarish kasbi bo‘lgan fuqarolar ham anchagina bo‘ladi.

    E’tiborli o‘quvchilar shuni qayd qilishlari mumkinki, kameralardan foydalangan holda ma’muriy huquqbuzarliklarni qayd qilishda jarima solish to‘g‘risidagi qaror takroriylik inobatga olinmasdan chiqariladi (Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi  yo‘riqnomaning 331-bandi).

    Ya’ni aynan bitta huquqbuzarlik necha marotaba sodir etilganligi muhim emas, jarima bir xil bo‘ladi.

    Biroq shuni bilish kerakki:

    1) takroriylik mazkur qaror xususida shikoyat berilganda inobatga olinishi mumkin (MJtK 321-moddasi);

    2)takroriylik huquqbuzarlik bevosita YHXDX inspektori tomonidan aniqlanganda inobatga olinadi.

    Shu tariqa, haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lish xavfi baribir katta.

    Alohida ta’kidlab o‘tamiz: Biz to‘xtash chizig‘idan o‘tganlik uchun ma’muriy javobgarlik qo‘llanilishi zaruratini inkor etmaymiz va kameralar o‘rnatilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Har qanday holatda ham chiziqlarga amal qilish kerak, haydovchilarni esa intizomga chaqirish darkor. Ham O‘zbekistondagi, ham butun dunyoda jinoyat qonunchiligi va ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik rivojlanishining tajribasi shuni isbotladiki, huquqbuzarliklar bilan kurashishga jiddiy  choralar emas, balki javobgarlikning muqarrarligi yordam beradi. Bunday muqarrarlikni kameralar ta’minladi.

    Shu bois, javobgarlik chorasi xatti-harakatning og‘irlik darajasiga muvofiq kelishi kerakligidan kelib chiqib, biz ma’muriy jazolarni tabaqalashtirish hamda MJtKning 1284–moddasiga quyidagi o‘zgartirishlarni kiritishni taklif etamiz:

     

    Amaldagi tahrir

     

     

    Taklif etilayotgan tahrir

    1284-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi

     

     To‘ldirilmoqda

     

     

     

     

    1284-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi

     

    Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi to‘xtash chizig‘i bo‘lmagan holatda Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq to‘xtaganda –

     

    eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi

    —

     

     

     

     

    eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

     

    Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi to‘xtash chizig‘i bo‘lmagan holatda Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq to‘xtamaganda —

     

    eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

     

    Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,

     

     

     

    eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan  huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa —

     

    eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Xuddi shunday huquqbuzarlik ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa —

     

     

    transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi. 

    Mazkur moddaning ikkinchi  qismida nazarda tutilgan  huquqbuzarlik ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa —

     

    transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi. 

    Uzoq yillardan beri chorrahalarida kamera o‘rnatilgan Rossiya Federatsiyasida masala xuddi shunday yechim topgan. Ushbu mamlakatning Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining 12.12-moddasiga ko‘ra, to‘xtash chizig‘i oldida to‘xtamaganlik uchun 800 rubl jarima solinadi va u alohida huquqbuzarlik sanaladi. Agar u bir yil mobaynida takrorlansa, haydovchiga jarima solishda davom etishadi, ammo transportni boshqarish huquqidan mahrum etishmaydi. Qachonki piyodalar harakati uchun to‘sqinlik tug‘dirilsa yoki chorrahaga chiqib ketilsa, bunga endi butunlay boshqa sifatdagi huquqbuzarlik deb qaraladi va uning uchun ko‘proq – 1 000 rubl miqdorida jarima undiriladi. Bunday takroriy huquqbuzarlikda jarima miqdori 5 000 rublgacha oshiriladi yoki insonni boshqarish huquqidan mahrum qilishadi.

    Muqobil yondashuv: mazkur materialni tayyorlash jarayonida  axborot tizimlari ishidan yaxshi xabardor bo‘lgan hamkasblarimizdan biri taklifimizni amaliyotga joriy etishning imkoniyati yo‘q, deya fikr bildirdi. Buning sababi – kameralar tizimining ishlash algoritmi huquqbuzarlikni avtomatik tarzda tabaqalashtirishga imkon bermaydi.

    Biroq biz MJtKning 245- va 248-moddalariga muvofiq ish bo‘yicha qarorlarni kompyuter emas, aniq mansabdor shaxslar qabul qilishiga aminmiz. Barcha masalalarni texnika zimmasiga yuklab qo‘yish noto‘g‘ri bo‘lgan bo‘lar edi. Yoki tizimni takomillashtirib borish darkor yoki har bir YHQ buzilishi holati bo‘yicha muhokamalarda mansabdor shaxslarning ishtirokini ta’minlash zarur”.

    23.03.2017, 09:09   Izoh (0)   28084
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ko‘proq quvonch, ko‘proq mevalar, ko‘proq sharbat!!!

    23.03.2017, 09:00

    YeTTB prezidenti Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik xatini yozdi

    23.03.2017, 08:44

    O‘zbekiston Senati 28—29-mart kunlari yalpi majlis o‘tkazadi

    22.03.2017, 20:09

    Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi, Toshkentdan Olmaotaga ilk xalqaro temiryo‘l qatnovi, Toshkent uchun 320 ta MAN avtobusi va kunning boshqa muhim xaba...

    22.03.2017, 19:24

    Foto: Shavkat Mirziyoyevni Ostona aeroportida Qozog‘iston bosh vaziri kutib oldi

    22.03.2017, 19:11

    O‘zbekiston jahonning eng baxtli mamlakatlari ro‘yxatida 47-o‘rinni egalladi. MDHda esa — birinchi

    22.03.2017, 18:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yarim yilda yoqilg‘i-energetika sohasiga yetkazilgan 758 mlrd so‘m zarar undirildi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 23 iyul, 00:00

    “Obama, Klinton va Baydenni jinoiy javobgarlik kutmoqda” — Tramp

    Dunyo | 22 iyul, 23:50

    “So‘nggi kunlardagi issiq ob-havo 70 foizga yaqin aholi uyqusiga salbiy taʼsir qilmoqda” — iqlimshunos

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:35

    O‘zbekiston DXX raisi Kobulda “Tolibon” mudofaa vaziri bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:19

    Afg‘oniston janubida bolalar o‘yinchoqlarini sotish taqiqlandi

    Dunyo | 22 iyul, 22:50

    Namanganda 82 marta qoida buzgan haydovchining mashinasi jarima maydoniga joylashtirildi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.