Qashqadaryoning Chiroqchi tumani hokimi Ravshan Komilov (Mirishkor tumani hokimi etib tayinlangan), Qamashi tumani hokimi Rashid Muxammadiyev va G‘uzor tumani hokimi Shomurod Donayev lavozimlaridan ozod etildi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
Viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ishtirokida xalq deputatlari tuman kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Ularda Fahriddin Do‘stmurodov Qamashi, Rustam Azimov Chiroqchi, Fozil Qulmatov G‘uzor tumani hokimlari etib tasdiqlandi.
Izoh (0)