O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi joriy yilning mart oyida Ostona shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston bines-forumini o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi “Nuz.uz”. U O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga tashrifi oldidan o‘tkaziladi.
Tadbir Ostonadagi “Mustaqillik saroyi”da O‘zbekiston va Qozog‘iston tomonlarining taqdimotlari formatida bo‘lib o‘tadi, shuningdek, mamlakatlar kompaniyalari o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkaziladi.
Biznes-forumni o‘tkazishdan maqsad ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlash, qo‘shma korxonalar yaratish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini o‘rganib chiqishdan iborat.
Izoh (0)