“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 2017-yil 3-martdan mahalliy provayderlar uchun tashqi kanalda internet xizmatlari tariflari 1 Mbit/sekund uchun 76,61 dollarga tushirilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Infocom.uz” xabar bermoqda.
Shu yilning o‘zida narxlar oltinchi marta arzonlashtirildi.
Tariflar 2017-yil 1-yanvardan 1 Mbit/sekund uchun 91,07, 6-yanvardan 87,57, 10-yanvardan 86,85, 2-fevraldan 86,11, 16-fevraldan 80,94 va 3-martdan 76,61 dollarga tushirildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)