Gretsiya Jahon bankidan mamlakatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun 3 milliard yevro so‘radi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, Gretsiya rasmiylari Jahon banki pullarini yaqin 3 yil mobaynida 100 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratishga sarflashni rejalashtirmoqda.
Biroq manbalar, mamlakatning moliyaviy holatidan kelib chiqib, Gretsiya bankni kredit ajratishga ko‘ndirishi qiyin bo‘lishini bildirmoqda.
Jahon banki vakili Gretsiya muassasaga yordam so‘rab murojaat etganini tasdiqladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)