Fransiya parlamenti deputati Jak Miyar mamlakat adliya vazirligiga noqonuniy muhojirlar o‘rtasidagi nikohlarni man etish taklif qilingan so‘rov yo‘lladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mazkur so‘rov Fransiyadagi bir necha shaharlar rasmiylari tomonidan noqonuniy muhojirlar o‘rtasidagi nikohlarga ruxsat berilishiga nisbatan aks-sado bo‘ldi.
Deputatga ko‘ra, bunday nikohlar nazoratsiz migratsiya va boshqa davlatlar bilan munosabatlar murakkablashishiga olib kelishi mumkin.
“Fransiyada shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning haqiqiyligini aniqlamay turib, nikoh tuzilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — deyiladi Jak Miyar yo‘llagan so‘rovda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)