Xitoy rasmiylari 2017-yilda mudofaa uchun ajratilayotgan xarajatlarni 7 foizga ko‘paytiradi. Bu haqda mamlakat xalq vakillari yig‘ini 5-sessiyasi arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumani chog‘ida uning rasmiy vakili Fu In ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.
“Har yili hukumat mudofaa xarajatlarini belgilab beradi. 2017-yilda harbiy budjet 7 foizga oshadi, xarajatlar ulushi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 1,3 foizini tashkil etadi”, — deya ta’kidladi Fu In.
Rasmiy vakil AQSh ham harbiy xarajatlarni oshirganini eslatib o‘tdi.
“Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida uning qatnashchilariga mudofaa uchun sarflanadigan mablag‘ hajmini YaIMning 2 foizigacha oshirish tavsiya etildi. Shu bois biz ham harbiy xarajatlarni ko‘paytirishda davom etmoqdamiz”, — deb izoh berdi Fu In.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)