Tilan Blondo dunyodagi eng yosh modellardan biri hisoblanadi. Fotomodellik karyerasini u 4 yoshida boshlab, eng chiroyli qizaloq maqomini qo‘lga kiritgan, deb yozadi “Interesno znat” nashri.
Ammo uning Vogue jurnali uchun uyushtirilgan fotosessiyasi jamoatchilik orasida qahr-g‘azabga uchragandi. Jurnalni yosh qiz uchun munosib bo‘lmagan fotosessiyani tashkil qilishda ayblashdi. Shunga qaramay, bu unga moda dunyosida tanilib ketishida to‘siq bo‘la olmadi.
Hozirda 15 yoshli Tilan Lacoste, Hugo Boss, Ralph Lauren, Massimo Dutti, Pull&Bear va boshqa ko‘plab brendlar bilan hamkorlik qiladi. Nashr qiz 2011-yildan buyon qanchalik o‘zgarganini uning suratlari bilan ko‘rsatib berdi.
Izoh (0)