O‘zbekiston Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 27-fevral kuni Commerzbank’ning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Bodo Tyons bilan uchrashdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida investitsiya hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari va O‘zbekistonda iqtisodiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar muhokama etildi.
Shuningdek, tomonlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari yuzasidan ham fikr almashdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)