AQSh prezidenti Donald Tramp immigratsiya bo‘yicha yangi farmonini imzolashni kechiktirdi. Bu haqda Oq uy ma’muriyatining yuqori martabali vakiliga tayanb, CNN ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Mazkur qaror 28-fevral, seshanba kuni kechki payt, Trampning Kongressdagi chiqishi haqidagi ijobiy baholardan so‘ng qabul qilindi.
“Farmonning imzolanishi prezidentning Kogressdagi nutqidan keyingi ijobiy taassurotlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Biz buning uchun qulayroq vaqtni kutyapmiz”, — deya ta’kidladi manba.
Telekanalga ko‘ra, Tramp farmonni shu hafta yakunida imzolashi mumkin.
Izoh (0)